Узбекское секс порно
Узбекское порно
Порно Плюс
Узбекское порно видео на UZPORNO.RU
Фото голых женщин

Mirzaqand naynovning hasratlari (hajviya)

Goʻlaxlikda Xotinga yolchimadim, oshna. Bilasan, ustimga sholcha yopinsam, beqasamdek yarashadigan suqsurpoʻrma yigitlardan edim. Pandavoqiligimni qaraki, kelib-kelib, ana shu puchdanakka ilashibman. U bilan oʻnta koʻrpa yirtib, bittayam bola koʻrmadim. Hech boʻlmasa, qiz-piz tugʻib bergandayam, sen gʻariblarga atab kattakon bir osh damlardimki, uni tovoqqa bossak, ustidan it sakrab oʻtolmasdi. Bunisi yetmagandek, u padari qusurning jahli oʻttiz qopu, nozi qirq lagan degin. Oʻtgan payshanbada itfe’lligi nihoyat boshiga yetib, erim desa ogʻzi toʻladigan mendek shovvozidan ayrilib qoldi. Endi dardini dutorga aytib oʻtirgandir. Hamma gʻalva Eson-echkining toʻyidan boshlandi. Araq-vinoni shampanning ustidan aralash tortib, pivani gazak qilgan ekanman, bir payt tovonimdan isitma boshlanib, boshimdan hovur koʻtarildi. Gandiraklab borib, kallani birinchi uchragan paqirga suqibman. Unga ortib qolgan qovurmaning suvini agʻdarishgan ekan, burnimga yogʻ tiqilib, moʻylovim quloqqa yopishib qoldi. Paqirdan boshni sugʻurganimni bilaman, atrofdagi bolalar dodlaganlaricha toʻrt tarafga tirqirab ketishdi. Shunda mahallaning oqsoqoli yonimga kelib, «mahalliy hukumat nomidan buyuraman, toʻydan darrov qorangni oʻchir», dedi. Toʻyda hukumat nima qiladi, deb yoqasidan olgandim, bir-ikkita boʻyni yoʻgʻon hay-haylab oraga suqildi. Boʻlmasa, oʻttiz ikki tishini roʻmolchasiga tugib berardim. Uyga azontalash yetib boribman. Ravotga suyanvolib, xotinni boʻralab chaqiraman degin, qani endi u xumparvachcha tovush bersa. Shaytonim qoʻzib, oyoqdagi kirzavoy bilan darvozani futbol qilvordim. Agar goʻrni shunaqa tepalasang, ming yillik oʻlik mozorni tashlab qochadi. Xotinim shangʻillaganicha kelib darvozani ochdi-yu, afti-angorimni koʻrib, oʻsma chaplangan qoshi valasapedning roʻliga oʻxshab qoldi. Tovushimdan tanib, oʻziga kelgandan keyin, achitib bir gap aytgan edi, men sasitib soʻkishga tushdim. Shunda u alamiga chidolmay, yetti pushtimni bezovta qiladigan shiltaroq bir qochiriq qistirdi. Ana endi akkash yeng shimarayin-u, sen tomosha qil. Objuvozning sholi yanchishini koʻrganmisan? Oʻsha toʻpalondayoq xotinni toʻqqiz taloq qilib, shartta uyni tashlab ketdim. Shu-shu, yarimxalastoʻyman. Baxtimizga ota-buvamizdan qolgan choyxonalar borakan, nomardga muhtoj boʻlmay, buqadek lorsillab yuribmiz. Qani, menga ayt-chi, boshligʻingdan yuqoriroqdagi xoʻjayinlargayam buyruq bervoradigan kattakoning bir kunda nechchi mahal palov yeydi? Pichogʻim garovdaki, oʻshaning ham kuniga ikki mahaldan oshirolmaydi. Choyxonada qaynagan qozon borki, undan bir kosa choʻtal olamiz. Menga oʻxshagan ekstraklas kachigarlar magazinda yelkalig-u, bozorda talamon. Yashash degani manavinaqa boʻpti, oshna. Senam yuribsan-da xotinga kalish axtarib. Hoʻ, koʻzingni och, galvars, besh kunlik dunyoda oylikka ishlab nima qilasan? Sen notavongayam tumanda birorta choyxona topilib qolar. Qoʻyvorsang-chi oʻsha bedavo xotinni. Hap, Senimi, Sichqon Ilonpadar xotin bilan orani ochiq qilganimdan keyin Moʻsaqoʻzining choyxonasida goʻlaxlikka oʻrnashvolib, tuppa-tuzuk yashab yuruvdim. Sanstansiya degan nojins idoraning inspekturi ishning beliga tepdi. Durustroq yuvinmagansan deb, meni bexos ishdan urib tashladi-ya. Ta’bimga toʻgʻri keladiganroq joylardan ish surishtirib koʻrdim. Sabzavot bazasiga borsam, oshqovoq omborining qorovulligi bor, deyishdi. Unaqa joyda ishlash itimga or, mushugimga nomus. Oxiri tuman ijroqoʻmidagi bir tanishimning oldiga borib, ahvolni tushuntirdim... Tanishing kim deysanmi? Oʻrtoq Hojimatov degan odam bor ijroqoʻmda... Ie, uni bilasanmi hali? Gaping toʻgʻri, hozircha qorovullik qilyapti. Xullas, borib ahvolni tushuntirdim. U desang, xitoycha piyoladagi choyni xoʻrillatib, tumandagi har xil idoralarga birma-bir telepoʻn qilishga tushdi. Bu yoqda men unga qarab, «oliftachiligingdan oʻrgildim, gapingni ikki pulga oladigan ahmoq ham bormikin», deb ichimdan tuginib oʻtiribman. Bir mahal u turupkani «shaq» etkizib joyiga qoʻydi-yu, «qoʻl ostimizdagilardan bittasi seni ishga oladigan boʻldi», deb qoldi. – Eski oʻzbek hammomining bir boʻlagida sichqonlarga qarshi kurashadigan idora ochilgan, – dedi u. – Toʻgʻri oʻsha joyga borib, boshligʻiga uchrashasan. Hammomga borib, sichqon oʻldiradiganlarning boshligʻini surishtirdim. Tepasiga «Xotinlar uchun» deb yozib qoʻyilgan eshikni koʻrsatishdi. Oyogʻim tortib-tortmay ichkariga kirsam, bashang kiyingan istarasiz odam tamakini buruqsatganicha televizoʻr koʻrib oʻtiribdi. Salom bergan edi, u xuddi oʻrtamizda bojachilik bordek, menga oʻqrayib turib: «Mirzaqandmisan?» – deb soʻradi. «Ha, Mirzaqandman», dedim. «Sen ariza yoz, men qoʻl qoʻyaman», deb qogʻoz-qalam uzatdi. Otamizning duosini olganakanmiz, mana, bir yumalanib, mas’ul xodim boʻlib qoldik... Bunaqa iljayma, davlatning ishiga aralashgan odam borki, hammasi mas’ul. Yangi kasbning sirlariniyam allaqachon lippaga qistirdik. Qiladigan ishim – u idoraga borib, polning teshigidan dori yumalataman, bu omborga borib, kandiklarni margumushga toʻldiraman. Ishqilib, qoʻlimdagi qogʻozga muhr urib berishsa boʻldi. Bundan tashqari, ba’zan tumandagi gazeta yoki radio orqali tashviqot yurgizib, odamlarni sichqonlarga qarshi qayrab turamiz. Bayramdan oldin «Xalq mulkini tekin yeb yotgan kemiruvchilarga yoppa qiron keltiraylik!» degan shior yozdirib, markaziy koʻchaga ilib qoʻygandik, xoʻjayinlar uni darrov oldirib tashlashibdi. Uni qoʻy, buni qoʻy, qaysi omborda nechta kandik borligini hisob-kitob qilib chiqadigan taftishchining yoʻqligiga suyunaman. Toʻqqizta teshikka dori urib, qogʻozga toʻqsonta deb yozganingdayam, sen haqsan. Har kuni bir-ikki oʻram margumushni orttirib qolaman. Ikkita xonadonga kirib, toʻrtta kavakka dori yumalatib qoʻysam, eng paskashi qoʻlimga beshtakilikni tutqazadi. Uyingda sichqon-pichqon yoʻqmi, ishqilib? Hay-hay-hay, kapgirdan boshqasini gʻajib boʻlishdi degin? Tilingga kuydirgi chiqqanmi, xumbosh, shuni menga oldinroq aytsang, oʻlarmiding? Agar hamyoningda shamol oʻynamayotgan boʻlsa, magazindan darrov bitta «Zubrovka» opchiq-chi. Keyin sichqonlarni menga qoʻyib berasan! Iste’fo Ahvol soʻrab nima qilasan? Koʻrib turibsan-ku ahvolni. Ikki haftadan beri aravani quruqqa choptirib yuribman. Sichqon oʻldirish obroʻyimga toʻgʻri kelmasligini tushunib, oʻzim iste’fo berdim. Gapimga ishonmayapsan shekilli? Sababi boʻlmasa, tentak terakdan tushmaydi, demoqchisan-da? Rostini aytsam, bir narsadan mashmasha chiqib qoldi-yu, shuni bahona qilib, shartta ishni yigʻishtirdim. Bilsang kerak, pillaxonaning orqasidagi kungirador uyda goʻring gullagur Parpi partizoning bevasi turadi. Saddi xonim deyishadi uni. Oʻgʻli ilmliroq xotinga ilakishib, shaharda qopketgan. Sichqonqirar idoraga ishga kirganimdan ikki haftacha keyin ana oʻsha beva meni tuyqus koʻchada toʻsib, ichkariga imladi. U yoq-bu yoqqa qarab qoʻyib, orqasidan hovliga kirdim. Dardini surishtirsam, bechoraning yertoʻlasini sichqonlar chayqovbozor qilvorishibdi, degin. Ayamay, besh-oʻn soʻmlik margumushni urib tashladim. Shu-shu, bir oyogʻim oʻsha xonadondan uzilmay qoldi. Men margumush yogʻdirib charchamayman, mitti oʻgʻrivachchalar javon gʻajishdan tiyilmaydi. Qandingni ur, deb qoʻyaman sichqonlarga. Saddi xonimdan beli sinmagan chervonlar oqib turgandan keyin, ish topilganiga shukur qilasan-da. Shunaqa ekan, oʻsha xoniming bitta mushuk boqsa, Asakasi ketadimi, deyishing mumkin. Ishonmasang, ishib oʻlarsan, bevaning, hafsalasi kelsa, qoʻchqorni oladigan mushugi bor. Lekin, boʻyniga lentir tasma boylab, kumush likopchadan sut ichadigan oʻsha baroq, sichqon tutish u yoqda tursin, sen bilan menga oʻxshaganlarni oyogʻida koʻrsatadi. Bir kuni ishdan kelayotsam, Saddi xonimning ravoti yonida doʻxtirmoshina turibdi. Xavotir olib, ichkariga kirdim. Kirsam, xonzodadan taragan haligi mushuk karavotda sulayib yotibdi. Anavi oqtepalik doʻxtiring motamda-yu, Saddi xonim xun-biyron. Kiprigimga tuprik yopishtirib, ularga sekin biqin soldim. – Mushuk margumushdan oʻlgan sichqonni yeb zaharlanibdi, – dedi doʻxtir. Saddi xonim menga yovqarash qilgan vaqtda gapning paynavi loyqalanishdan qoʻrqib, rostakamiga yigʻlab yubordim. Bevaning koʻngli yumshadi. Doʻxtir ketgandan keyin, kayf ustida mullachasiga choʻkka urib, mushukka kinna yoyishga tushdim. Men kinnani tugatdim-u, baroqvachchayam asfalasopilinga joʻnadi. Oʻzing oʻylab koʻrgin-a, oʻlik mushukka purjinali karavotda yotishni kim qoʻyibdi? U haromining dumidan ushlab turib, derazadan parrak qildim. Shunda Saddi xonim «margumushdan oʻldirganing yetmay, shoʻrlikni endi axlatga irgʻitasanmi», deb akangni boʻgʻizlagudek boʻldi. Men shildirbosh desang, bevaga taskin bermoqchi boʻpman-u, «yolgʻiz qoldim deb kuyinmasinlar, Saddi bonu, mana, bizam soʻqqaboshmiz» deb yuboribman. Ana endi surnaybozlikni koʻr. «Sen sayoqvachcha nimaga shama qilyapsan», deb naq basharamga sachraydi degin. Xayriyatki, bilagidan ushlaganim yoʻq. Bunaqalar birpasda boʻyningga istatiya ilib tashlaydi. Ertasi ishga borsam, xoʻjayinning turqi tuman. Saddi xonim unga qoʻngʻiroq qilib, erinmay astar-avramni agʻdaribdi. Izzatning borida arizani yozib, toʻnni yelkaga tashladim. Endi oʻt oʻchiradiganlarga ishga kirsammi deb yuribman. Uxlaganingga qarab moyana toʻlashadi azamatlar. Aytganday, oʻzing qalaysan? Choʻlga ketgan gektarchi oʻgʻlingdan moʻmayroq pul kelgandirki, burunni bir qarich koʻtaribsan. Bunaqa narsani yuvmagan nomard. Manavi tangaga bir soʻlkavoy qoʻshsang, «Portveyn»ning onasi oʻpmaganidan berishadi. Surlik qilmay boraqol endi. Oʻzim kiray desam, magazinchidan uch litr qarzim bor. Roʻzgʻorni Qoʻmsash E, bormisan, oshna? Paqqos guzarga chiqmay qoʻyding-ku. Bilsam-bilmasam, yo uyda ichishga oʻrgangansan, yo chapaki daromading kasod. «Hosilot»ga tobing qalay? Oliftachilikni qoʻyib tur, vajohatingdan sezyapmanki, yuz ellikta bosging bor. Ma, ich! Tekinniki teshib chiqarmidi? Yonboshlavolib, bir dardimizni doʻmbira qilaylik endi. Ishdan gapirmasang-chi. Bosh omon boʻlsa, ish topish doʻppi almashtirishga oʻxshagan bir narsa. Amerikadamidikki, ish soʻrab oʻn yil ochiridda yotsang. Hamma gap didingga toʻgʻri keladigan ishni topishda. Tunov kuni desang, bir ishni koʻndalang qilishdi. Molbozorning yonidagi omborni bilarsan? Oʻshanga yukchi kerak boʻpqolibdi. Narsa kelsa, moshinadan tushirasan, ketadiganni moshinaga yuklaysan. Eshitiboq, tarvuzim qoʻltigʻimdan tushdi. Bunaqa ishlar uchun, ana, eshak degan alohida maxluq yaratib qoʻyilibdi. Kechaning oʻzida birdaniga ikkita ish roʻpara keldi. Avvaliga Ubay qassob yoʻlimni toʻsib, «menga oʻrinbosar boʻlmaysanmi», deb qoldi. Unamadim. Bilasan, u xumparvachcha oʻziyam ichmaydi, birovgayam quymaydi. Keyin Toʻxta novvoy uchrab, «menga koʻmir-poʻmir tashib tursang-chi», deydi. Unga moʻr-malax boʻlgandan koʻra, eshakaravada hushtak churillatib, bolachoqlardan shisha toʻplaganim durustmasmi? Aytganday, birorta arava topsang-chi, valaki salang. Rahmatli qaynatangniki bekorga agʻdarmashoti boʻlib yotgandir, qaynanangga oʻxshab... Xoʻp desang, oʻshani epaqaga keltiramiz. Mana, xoʻtik bizdan, daromad arra. Madiyor mazang ana shu shishalarning orqasidan ot soʻyib toʻy qildi-ya. Azbaroyi ishlaganingga yarasha, kundalik nospuling chiqib tursa... Labbay? Masalan, sichqon oʻldirib yurgan davrimda kaftim qichishmay turib, qoʻlimga pul qistirishardi. Shunaqa joyda besh-oʻn yil bosib ishlasang, pul bilan odamning ogʻzini yoradigan boʻlasan. Belim endi qoʻshbelbogʻ koʻrganda, Saddi xoniming paytavamga qurt tushirib oʻtiribdi-ku. Ojiza xalqi yoppasiga insofsiz boʻlishini bilardim, ammo bunaqangi jodugar yetti uxlab tushimga kirmagandi. Mundoq oʻylab qaralsa, qaytam oʻzimizning marjalar kirchimol ekan. Qoʻyvorgan xotinim desang, kaltaklagan sarim semirardi. Tilidan ketmasa, oʻshanday narsani taloq qilarmidim? Moʻylovga oq oralaganda, moʻrchada yaktak yuvish menga havas boʻptimi? ...Hoʻ, xumparvachcha, shuncha ogʻzingni poyladimki, xotining bilan yarashtirib qoʻyay ham demaysan. Koʻngil uchun bir oʻrtaga tushsang, qisilib oʻlarmiding? «Hosilot»ni maydalasam, liqqa-liqqa yutishga ustasan-u, jonimga kuyganingni koʻrmadim. He, oʻsha sendaqangi praxadnoʻy oshnadan oʻrgilib qoʻydim. Muhokamada – Shoʻrva Masalasi Hay, ha-a-y... Soqolni qirdirib, it yalagan mistovoqdek yarqirab ketibsan-ku. Boʻyningni boʻyinturuqdek qilib, haliyam xotindan nosga pul soʻrab yurgandirsan? Qani, mundoq biqinga kelib, eshitganlaringni koʻrganga oʻxshatib lofla-chi. Muncha koʻzing gʻildiraydi? Yelkaga parpasha beqasam tashlab, oyoqqa kiyikteridan agʻdarma kiyganimga xavfsirama. Oʻgʻirlagan boʻlsam, non ursin. Telvaning ishini xudo oʻnglabdi, deganlar. Biznikiyam shunaqa boʻldi. Oʻzing bilasan, bir tomondan qish, bir tomondan yotoqning tayini yoʻq – qoʻlni qoʻyinda isitib, burunni bulduruqqa toblab yuruvdik. Bir kuni bolalardan kalxoʻzga bepul kino kelganini eshitib, klubga qarab borayotsam, idoraning oldida rais uchrab qoldi. Hol-ahvol surishtirib, tovuqxonada poyloqchilik qilmaysanmi, deb soʻradi. Mayli, dedim. Rais togʻang gapi yerda qolmaganidan xursand boʻpketib, «kechqurun biznikiga kir, saruponi sal kuyovpochchalashtirib qoʻyaylik», dedi. Mana, yasan-tusanni koʻrib turibsan. Xullas, tovuqxonadaman. Men qorovul, Zaynab kampir tovuqboqar, Sattor bujur ikkalamizga boshliq. Koʻp joyda ishladim-u, bunaqangi xira xoʻjayinni birinchi uchratishim. Oʻzimiz bor-yoʻgʻi uch kishimiz. Shunga qaramay, kunora majlis chaqiradi. Dushanba kuni yigʻilish qilib, tovuqxonada «Hurmat taxtasi» tashkil etsak, deb qoldi. Biz ma’qulladik. Sattor bujur desang oʻsha kuniyoq devorga sarlavhador taxta qoqib, unga oʻzining portreytini kashaklab qoʻydi. Xoʻsh degan savol tugʻiladi – hamma ishni u kishi qiptilar-u, Zaynab kampir ikkalamiz toʻyimizga roʻmolcha toʻqibmiz-da? Kecha yana majlis boʻldi. Zaynab kampir tumov boʻlib ishga kelmagani uchun, pastda bitta oʻzim oʻtirdim. «Oʻrtoqlar! – deb gap boshladi Sattor bujur. Soʻp-payganimcha uning koʻziga tikildim. – Bugungi yigʻilishda ortiqcha shtatlarni qisqartirish masalasini koʻramiz», dedi u. Buni eshitib, poʻkanimga poʻkilloq kirdi. Bilamanki, Zaynab kampirni ishdan olishmaydi, kuyovi kalxoʻzda bosh molqochirar. Oʻzi insof bilan ishdan ketgan boshliqni hali hech kim koʻrmagan. «Uying kuyibdi-ku, Mirzaqand!» – deb qoʻydim oʻzimcha. Keyin bilsam, xayriyat, gap boshqa yoqda ekan. – Hisob-kitob qilib koʻrsak, besh yuzta tovugʻimizga besh yuz toʻqson bitta xoʻroz toʻgʻri kelyapti, – deb gapning paynavini ochdi Sattor bujur. – Don-dunlarni isrof qilmaslik uchun xoʻrozlarning shtatini ayamay qisqartirish kerak, degan taklifim bor. Men almak-jalmak chapak urgancha: «Oramizda tekinxoʻrlarga oʻrin yoʻq!» – deb baqirdim. Oʻzing aytgin-a, shu arzimagan narsa uchun majlis chaqirib, odamni ishdan qoldirish yaxshimi? Gapni aylantirib oʻtirmay, bekorchilikda shoʻrva-poʻrva ichib turaylik deb qoʻyaversa, bizda jigʻildon yoʻqmidiki, damini qayirsak. Mana, bugunam bitta baboqning oyogʻini osmondan qilib qozonga choʻktirdik. Shunaqayam ezilib pishibdi jonivor, suyagini itga bergani qizgʻanasan. Qoʻling boʻshaganda, shoʻrvaxoʻrlikka borib tursang-chi, xumparvachcha. Senga aytib qoʻyayin, Sattor bujur surunkasiga oqidan uradi. Tagʻin pastliging qoʻzib, vino koʻtarib bormagin, xoʻjayinning oldida meni xijolatga qoʻyasan-a. Hozirgi odamlar kimligingni ulfatingga qarab baholaydigan boʻpketishgan. Toʻrt Soʻmlik Tuzoq Ie, tirikmisan, oshna? Tez-tez guzarga chiqib tursang, moliya soliq solarmidi senga? Kecha «Chashma»ni maydalab oʻtirib, seni oʻylovdim – shu topda yonimda boʻlsa, vinodan otvolib, yetti pushtimni avliyoga yoʻyardi deb. Rizqing qoʻshilmagan ekan, oʻzim poklab qoʻydim. Haliyam tontigʻliging qolmabdi-da, avval salomatlikni soʻrasang-chi. Duch keldi deguncha, uchastkavoyga oʻxshab ishni surishtirasan-a. Senga aytuvdim shekilli, uch kishi toʻplanvolib, kalxoʻzning tovuqxonasini gullatib yuruvdik – men poyloqchi, Zaynab kampir tovuqboqar, Sattor bujur ikkalamizga boshliq... Qaraki, xudoyim shu amalniyam koʻp koʻrdi menga. Bozor kuni tovuqxonada bitta oʻzim qolib, xoʻjahordiq qilib yotsam, bir soʻtak tuxum soʻrab kepqoldi. Tuxum ammangning katagida boʻladi, demoqchi boʻluvdimki, u tullakvachcha bir soʻmlikka uchtalikni mingashtirib, sekin qoʻlimga qistirdi. Himmatingdan akang dedim-u, xaltasini tuxumga toʻlatib berdim. Payti kelsa, paqirlab pullaganmiz, shundayam kalxoʻzning poydevori shoʻrlamagan. Tuxumxoʻrlar desang biri yarimtaga uzatadi, boshqasi koʻproqqa. Bozor koʻrganlari bizni ovora qilib oʻtirmay, oʻsha narsani biryoʻla oʻzlari opkelishib, ishni silliqqina bitirib ketishadi. Hay, endi avvalgi gapga qaytaylik. Boyagi qiligʻi sovuq qoʻlimdan xaltani olib, «oxiri tuzoqqa ilinding-ku, haromxoʻr», desa boʻladimi. Xoʻsh, oʻzing kimsan, palagi soʻligan, desam, xalq kantroʻlining qizil daftarchasini koʻrsatdi. Koʻrdimki, ish pachava. «Tuxumni qaerdan oʻgʻirlading, xunasa», deb shartta yoqasini gʻijimladim. Shunda u «muttahamlikni yigʻishtir, guvoh tepada turibdi», dedi. Bu xumparvachcha parvardigorga shama qildi-yov deb yuqoriga mundoq qarasam, darvoza yonidagi qayragʻochning ustida bir chalatugʻma hurpayib oʻtiribdi. Qoʻlidagi durbinli asbob bilan akangni shaqira-shuqur rasmga olyapti. Ertasi kuni Sattor bujur majlis chaqirib, ishimni olatasir muhokama qildi. «Mirzaqand ishdan ketsin deguchilar menga qoʻshilsin», deb qoʻlini koʻtardi. Zaynab kampir betarap turdi. Men qarshi chiqdim. Uchalamiz janjallashib ketdik. Oxiri Sattor bujurning quloq tubiga qaratib tortishga toʻgʻri kepqoldi. Uyam meni bir-ikki yumdalagan boʻldi. Oʻzing oʻylab koʻr-chi, xoʻjayinning qashqasini chiqarib qoʻyib, yana qanaqasiga u bilan birga ishlaysan? Baribir yoʻq narsadan bahona topib, uchirma qilvoradi. Bir juft joʻjaxoʻrozni qoʻynimga urdim-u, ishdan ketvordim. Yaratganga shukur, eson-omon bahorga chiqvoldik. Bundan buyogʻiga, bitta toʻning boʻlsa, ariqning boʻyi musofirxona, tolning tagi karvonsaroy. Oʻzing durustmisan? Koʻzing toʻgʻnab qolganidan bilsak boʻladiki, boshing sharobga qorongʻi boʻpturibdi. Gʻiz etib Nishon buqoqnikiga kirib chiqmaysanmi, oshna? Eshitishimcha, kuyovi togʻdan qimiz opkelganmish. Toʻgʻri kirib borib, Karimberdining toʻyida Mirzaqand senga oʻzining oldidagi vinodan quyib uzatganakan, oʻshaning haqiga jichcha qimiz berarkansan, degin. Bermasa, oʻzini bu yoqqa boshlab chiq. Qornidan naq oʻsha vinoni sugʻurvolaman-a. Hotamtoylik Koʻzingga ignauchuq chiqqanmi deyman, kuppa-kunduzi menday oshnangni koʻrmay oʻtib ketyapsan? Yo kartmoningga pul tushib, bosar-tusaringni bilmay qoldingmi? Yana bir-ikki haftadan keyin Mirzaqandga salom beradigan boʻpqolasan hammang. Toʻlan goʻrkov qarib, metin urishga yaramay qolganmish. Mahalla shu lavozimga meni koʻtaradiganga oʻxshab turibdi. Goʻrkovlikni boʻyinga olsam, manaman deganing ham bir kunmas bir kun mungʻayganicha qoʻlimdan oʻtasan. Kimga keng goʻr kerak boʻlsa, pajaliska, hozirdan koʻnglimni ovlasin. Anavi Sotti satang meni koʻrsa, burnini jiyirib oʻtadi degin. Biqiniga bitta qoziqmixlash qilsang, oʻn kun shopirma atala ichib yotadigan holi bor. Shapkasiga quvonadi-da. Ana oʻshalaring, qazosi yetib, qoʻlimga tushib qolsa, oxirati kuydi deyaver. Oyogʻi andakkina qiblaga moyilon qilinsa, qiyomatgacha jahannamdan chiqmaydi. Rasamati bilan gapirganda, bu odamlaring, goʻrkov u yoqda tursin, tangridanam qoʻrqmaydigan boʻpketishdi. Bizga oʻxshaganlarga xayr-sadaqa qipturish oʻrniga, oʻzi-mizni shilyapti. Hatto, qarzini toʻlamaydi-ya bu xumparvachchalar. Masalan, Jamil tungonini olaylik, bir oydan beri qarzini uzmay, meni xunob qiladi. Har kuni turumini tepalayman, u padari qusur uyida yoʻq-da. Bir kuni u bilan shahardan birga keluvdik. Moshinakiraga maydam yoʻq deb, akangni qirq tiyinga tushirdi. Umrida butun pulni koʻrganmikin oʻzi? Oʻgʻlimdan bervoraman deganicha, oʻsha-oʻsha qorasini koʻrsatmaydi. Nima, pul zavoʻtim bormidiki, uchragan tungoniga patta olib beraversam. Hoziram oʻshanikidan kelyapman. Uyiga yetguncha oʻylab bordim – qirq tiyinning bir qismini pivaga xarjlab, bir qismiga qurut shimiyman deb. Darvozani mushtlasam, yettinchi kalishni sudrab yana xotini chiqdi. Oʻzing bilasan, xotin zotidan pul soʻrashdan koʻra, koʻppakdan suyak tilagan yaxshi. Moʻylovni shalviratib, sekin orqaga qaytdim. Biz-ku hotamtoylik qilib hammaga qarz berib yuribmiz. Xoʻsh, bizga kim odamgarchilik qipti? Kecha guzarga chiqsam, Shodi bilan Moʻsa bitta obdastavinoni tanovvorga oʻynatishyapti. Assalomu alaykum, birodarlar, desam, oʻzlarini karlikka solishdi. Soʻrashmay oʻtsam xafa boʻlishmasin deb, ularga qarab yurdim. Burilganimni koʻrib, Shodi nokas shishaning tagidagini shartta piyolaga agʻdardi-yu, bir koʻtarishda ilonyutdi qildi. Hali senlardan ahvol soʻramoqchi boʻldimmi deb, ikkalasiniyam oʻsal qilganimcha izimga qaytvordim. Qalay, tuzlabmanmi? Ie, namuncha tomogʻing gʻijirlaydi? Yogʻlanmagan zambargʻaltakka oʻxshaysan-a. Davosini aytaymi? Sarimsoqni qoʻy yogʻiga qovurib turib, oqidan ikki piyola tortvolsang, tozalangan moʻriday boʻpqolasan. Uyingda dumba yogʻi bordir? Unday boʻlsa, ziqnalik qilmasdan, tezda magazinga kirib chiq. Sarimsoq, mayli, bizdan boʻlsin. Eng oldin salomatlikni oʻylagin, oshna. Yarashish Oshi Yonimda hemiri yoʻq degin? Xotinga zarbing boʻlmagandan keyin, ahvol shu-da. U qargʻadan tarqaganlar tez-tez talqontuydi qipturilsa, azboroyi kaltakdan qutulish uchun eriga pivapuli berib, guzarga quvadigan boʻlishadi. Yoʻli bor-da, oshna. Turmush qurib, erkakchilikning davrini mana biz surdik. Burnimizga pashsha qoʻnsa, xotinga buyurardik, hayda buni, deb. Sen-ku bir chuvrindi narsasan. Armaniska kanyakni oltin tishning orasidan suzadigan toʻravachchalaringam, payti kelsa, xoʻjaykasiga oʻsma siqishadi. Xachirga arava tirkab, kirasinfurushlik qilgan davrimda bir boshligʻimiz boʻlardi. Savlatiga qarasang, yoʻtalishi yetmish soʻm turadi deysan. Shuyam xonzodasini koʻrdi deguncha, surnayga oʻynaydigan ilondek eshilishga tushardi. Davlat odamgarchilik qilib, tagingga loʻkkavoy berib qoʻyganidan keyin, yogʻi yetgan joygacha qochmaysanmi bunaqa xotindan, deb boʻgʻilardim oʻzimcha. Hamma aybni erkakka agʻdaramiz-u, mundoq qaralsa, hozirgi yigitlargayam qiyin boʻpketdi. Bu maktab koʻrgan qizlaring astarlikka yarasa, oʻlay agar. Tunov kun avtoboʻsda bir qashqarbaldoq taqqanning yoniga oʻtirib qoldim. Qulogʻidagi oʻsha tillo hisobga olinmasa, oʻzini chalpakka oʻrab bersang, it yemaydi. Shuyam bozorvoshiga yetguncha erining goʻriga gʻisht tashidi. «Bu zolimning dastidan ado boʻldim – oʻzim kir yuvib, oʻzim non yopaman», deydi. Bularga qoʻyib bersang, bir kunmas bir kun... Qulogʻingni yaqinroq tutsang-chi... Ha deyaver. Shunaqayam qilishadi, xex-xex-xe... Mana, hozirgi boshligʻimni olaylik. Oʻzi xotin kishi-yu, oʻnta erkakni toʻqim solmay minadi. Qaerda ishlayapsan deysanmi? Aytganim yoʻqmidi senga? Eshitgandirsan, tuman markazida qizlarni hamshira qilib chiqaradigan maktabxona ochilgan. Ana oʻsha joyda bogʻbon boʻpqoldim. Hayit parang rahmatlining toʻngʻich qizi bizga direktir. Bir zamonlar otasi bilan qoshiq olishganman. Shuniyam yuz qilmay, kecha akangni koʻpchilikning ichida dimlamaga bosdi. Gullarga suv quyib yurib, och qoringa bitta «Yumaloq»ni urib qoʻyibman. Oyoqdan oldi xumparvachcha. Kirpidek gʻujanak boʻlib, ajriqqa yumalab qoldim. Bogʻning etagidan bir hujra berishgan menga. Shunga qarab emaklashgayam hafsalam kelmadi. Bir payt, yigitlar koʻrsa: «Otasi qancha soʻrarkin?» deb qoladigan ikkita oqqanddek hamshira zambil koʻtarganicha men tarafga kelaverdi. Bu qanaqa oʻyin, tovuqchalarim, deb soʻragan edim, lat yeganlarni kasalxonaga tashishni oʻrganyapmiz, deyishdi. Tuzukroq qarasam, zambilda sigirday bir qiz yonboshlab boryapti. Holi xaroblar bu yoqda qolib, zambilni bekorchilar band qipti-ku, dedim. Xullas, bir quchoqdan gul uzvolarsizlar deb, ularni hujragacha kira qildim. Hujrada bitta uyqini urib, boshning tormizini sal boʻshatib turuvdimki, direktir chaqiryapti deb qolishdi. Borsam, «maktabning guli nega talon-taroj boʻlarkan», deb poʻpisani paxsa boʻyi qildi. Bitta «hayfsan» bilan zoʻrgʻa qutulib chiqdim. Mashoyixlarning gapi toʻgʻri, xotin zotidan yaxshilik chiqmaydi. Oʻzimnikini vaqtida taloq qoʻyib, zap donishmandlik qilganman-da. Aytganday, ertalab Madal bangi uchrab, «xotining bilan gaplashsam, koʻngli borga oʻxshaydi, bitta yarashuv oshi qilgin-u, Hafiz qorini opkelib, nikohlatib qoʻyayin», deb qoldi. Avrab-avrab, oxiri yoʻlga soldi-da meni. Koʻramiz, yarashsa yarashdi, nozini oshirsa, unga patxalimchilik qiladigan goʻsxoʻr yoʻq... E, tavba, oʻzi-ku meni deb oʻlib yuribdi, yana shart qoʻyganiga kuyaymi. Yarashadigan boʻlsa, avval ichishni tashlasin, deganmish. Shu desang, oshna, boshim boʻsh istakonga oʻxshab qoldi. Bir yoqda xotin poshsho, bir yoqda shisha xonim. Biri-biridan tortimli. Nima deysan, unisiga suykansammikin, bunisigami? Ikkalasining ham xumoriga voydod!
Kutubxona
Olamsex.su Узбекское порно 2020
Uzvideos.ru УзбексКИЙ СЕКС
Sexuzbeks.ru - Только УзбексКИЙ СЕКС